Breketlarsiz goʻzal tabassum

ClearSmile shaffof elaynerlari qulay va sezdirmagan holda tabassumingiz sogʻlom va goʻzal boʻlishiga yordam beradi.

Qabulga yozilish

Elaynerlar nima?

Elaynerlar – bu tishlarni tekislash uchun shaffof qoplamalar. Ular allergiya chaqirmaydi va og’iz bo’shlig’i shilliq qavatini shikastlamaydi. Elaynerlar foydalanish uchun qulay, ularni doimo ovqatlanishda avval yechish va qayta taqish mumkin.

Elaynerlar tufayli atrofingizdagi odamlar ortodontik davolanishni boshdan kechirayotganingizni payqamaydilar.

Bugungi kunda bu breketlarsiz tishlarni tekislash va tishlamni tuzatish uchun eng samarali yechimdir.

Muolaja qanday amalga oshiriladi

1-qadam Maslahat

Klinikada tashxisni qo’ydiring.

Tashxis ko’rsatkichlari asosida bizning laboratoriya kompyuterda Sizning individual muolaja rejangizni modellashtiradi, shuningdek, muolaja davomiyligini, elaynerlar sonini va Sizning muolaja kursingiz aniq summasini hisoblab beradi.

2-qadam 3D modellashtirish

Ortodont shifokor sizni virtual davolash rejasini ko’rish. uchun qabuliga taklif qiladi.

Hali muolajani boshlamay turib, tishlar qanday ko’chirilishini va ClearSmile elaynerlari bilan davolanishning oxirida qanday natija bo’lishini ko’rishingiz mumkin.

3-qadam Elaynerlar

Siz tomoningizdan ma’qullangan davolash rejasi asosida biz individual elaynerlarni tayyorlaymiz va ularni shifokor tishingizga elaynerlarni o’rnatadigan, qoidalar haqida so’zlab beradigan va ulardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar beradigan klinikaga yetkazib beramiz.

Sizning tabassumingiz kundan-kunga go’zallashib boradi!

4-qadam Muolajadan so’ng

Tekislash kursi tugagach Siz o’zingizning mukammal tabassumingizga mahliyo bo’lishingiz mumkin. Lekin natijani saqlab qolish uchun Siz bir qancha vaqt reteyner- maxsus ortodontik moslama taqib yurishingiz kerak bo’ladi, ular tishlarga tekislashdan so’ng yana eski holatiga qaytib qolishiga yo’l qo’ymaydi.

Reteyner tishlarga zarar bermaydi va uni parvarishlash odatiy og’iz bo’shlig’i gigienasi jarayonlaridan ko’ra qiyin bo’lmaydi.

Elaynerlar yordamida
muolajaning afzalliklari

Ko’rinmaslik

ClearSmile kapalari xatto yaqin masofadan ham ko’rinmaydi. Siz noprofessional bo’lib ko’rinib  yoki  tishlaringizda breket bilan axmoqona ko’rinib tavakkal qilmaysiz. Birinchi kundanoq sizga qulay bo’ladi.

Milk va tishlarni shikastlamaydi

ClearSmile kapalari breketlar bilan muolajadagi kabi og’iz bo’shlig’ini ta’sirlantirmaydigan maxsus gipoallergen silliq materialdan tayyorlangan.

Natija oldindan ma’lum

3D-modellashtirish texnologiyasi tufayli, monitor ekranida kelgusidagi  tabassumingizni muolaja avvalidanoq ko’rishingiz mumkin.

Gipoallergen

Xavfsiz biopolimer og’iz bo’shlig’i to’qimalariga ta’sir qilmaydi va ta’sirlantirmaydi.

metall qavslar

ClearSmile elaynerlar

Ekspertlar fikri

Doktor
Diego Peydro Herrero

Vrach-ortodont, Madrid Yevropa Universitetida Ortodontiya professori

Elaynerlar – tishlarni shaffof kapalar yordamida tekislashning zamonaviy usulidir. Ushbu tizim turli tishlam anomaliyalarini hal etishda yordam beradi va mening klinikadagi tajribamda tengi yoʻq hisoblanadi. Tizimning rad etib boʻlmaydigan afzalliklari breketlardan farqli ravishda uning estetikligi va qulayligidir.

Doktor
Diego Peydro Herrero

Doktor
Christina Viyuela

Vrach-ortodont, Cr.Viyuela klinikasining tibbiyot direktori

Elaynerlar qoʻllanilgan 20 yillik amaliyotim davrida ular mijozlarim uchun goʻzal tabassum yaratishda asosiy vosita boʻldi. Elaynerlar mijozlarimga odatiy hayot kechirish, sport bilan shugʻullanish, har qanday ovqat tanovul qilish imkonini beradi! Bunda tishlar atrofdagilarga sezdirmagan holda samarali tekislanib boradi.

Doktor
Christina Viyuela

Doktor
Mariya Yakovleva

Vrach-ortodont, Moskva

Oʻylaymanki, elaynerlar kelajakda toʻliq tatbiq etiladi, chunki ular estetik xususiyatga ega. Mijozda har qanday breketlar boʻlishidan qatʼi nazar, ular koʻrinib turadi. Elaynerlarning eng asosiy afzalligi shundaki, ular haqiqatan ham koʻrinmaydi, breketlardan farqli ravishda qulay, ogʻriqlar his etilsa ham, ular yakka tartibda yondashuv talab etadi, biroq, elaynerlar bilan jarayon deyarli ogʻriqsiz kechadi...

Doktor
Mariya Yakovleva

Mijozlar taqrizlari

Qayerdan xarid qilish mumkin?

ClearSmile shaffof elaynerlari bilan ishlovchi klinikalar:

Smile Concept klinikasi

Manzil: Toshkent sh., Sodiq Azimov k., 1-uy Shifokor: Kim Kirill Arkadevich

Da Vinci klinikasi

Manzil: Toshkent sh., Ts-4, Abdulla Qodiriy k., 21-uy Shifokor: Subanov Alisher Akbaraliyevich

Estedent Stomatologiyasi (5 – stom poliklinika

Manzil: Toshkent sh., Chingiz Aytmatov, 50 uy Shifokor: Norova Nargiza Elbekovna

Sirius Dent klinikasi

Manzil: Toshkent sh., Ami Temur k., 102-uy Shifokor: Sungarova Izdag Gadjimamedovna

Uchrashuvga yozilish

Muolaja narxi qancha?

Davolashning narxi talab qilinadigan elaynerlar soniga qarab belgilanadi.

Holatingizga ko’ra 5 dan 40 tagacha elayner talab qilinishi mumkin. Bitta elayner uchun o’rtacha narx 250 ming so’m

Elaynerlarning aniq sonini, davolanish vaqti va narxini aniqlash uchun tashxisni klinikalardan birida o’tkazing.

ClearSmile elaynerlarida davolanish narxi – O’zbekistondagi takliflar orasidagi eng arzon narx hisoblanadi.

Biz haqimizda

Elaynerlar – bu tishlarni tekislash uchun shaffof

qoplamalar. Ular allergiya chaqirmaydi va og’iz bo’shlig’i shilliq qavatini shikastlamaydi. Elaynerlar foydalanish uchun qulay, ularni doimo ovqatlanishda avval yechish va qayta taqish mumkin.

Agar sizda yana savollar qolgan bo’lsa, Sizni qiziqtirgan savollarga javob beradigan maslahatchimiz bilan bog’laning.

Quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiling: +998 99 402-0535

+99899 402-05-35